O‘zbekiston va Misr TIVlararo bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlar to‘g‘risida

 2022-yil 25-may kuni Qohira shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 10-davrasi bo‘lib o‘tadi.

O‘zbekiston delegatsiyasiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov rahbarlik qiladi.

Maslahatlashuvlar kun tartibi O‘zbekiston va Misr o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlik ko‘lamini kengaytirishga oid masalalar muhokamasini qamrab oladi. 

Tadbir davomida oliy va yuqori darajalarda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayoni, ustuvor sohalardagi hamkorlikni mustahkamlash istiqbollari ko‘rib chiqiladi.

Qohiraga tashrif doirasida Misr manfaatdor vazirlik va idoralarida qator muzokaralar hamda vatandoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazish ham rejalashtirilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий