O‘zbekiston va Malta o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganiga 30 yil to‘ldi

 O‘zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov va Malta Respublikasi tashqi va Yevropa ishlari, savdo vaziri Yan Borg ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan o‘zaro tabrik almashdilar.

B.Saidovning maktubida O‘zbekiston Maltani Yevropadagi istiqbolli hamkor deb bilishi hamda ushbu mamlakat bilan siyosiy, iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga katta ahamiyat berishi ta’kidlanadi.

Y.Borg o‘z maktubida ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirish uchun ulkan imkoniyatlar mavjudligi ta’kidlab, Malta O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik va muloqotni kengaytirishni qo‘llab-quvvatlashini, bu esa O‘zbekiston-Malta aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilishini qayd etdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий