O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-yilning 9-iyul kuni Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya tashqi ishlar vaziri Dato Seri Utama Hoji Mohamad bin Hoji Hasan bilan uchrashuv oʻtkazdi. O‘zbekiston va Malayziya tashqi ishlar vazirliklari ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni ro‘yobga chiqarish uchun yaqindan hamkorlik qilib kelayotgani qayd etildi. Turli darajadagi muntazam almashinuvlarga ko‘maklashish, o‘zaro aloqalarni kengaytirish, mintaqaviy va global masalalar bo‘yicha muloqotni faollashtirish, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash va boshqa masalalar uchrashuv kun tartibidan joy oldi.