O‘zbekiston va Malayziya aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi
2024-yil 28-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim tomonidan qabul qilindi.
Suhbat chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni barcha yo‘nalishlarda mustahkamlashga qaratilgan keng ko‘lamli mavzular, jumladan, Malayziya kompaniyalari bilan sarmoyaviy va sanoat kooperatsiyasini kengaytirish bo‘yicha takliflar muhokama etildi.