Oʻzbekiston va Litva oʻrtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish masalalari muhokama qilindi

 Vilnyus shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Litva iqtisodiyot va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Egle Markevichiute hamda Litva sanoatchilar konfederatsiyasi prezidenti Vidmantas Yanulyavichyus bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

Muloqot chog‘ida savdo, sarmoya, axborot-kommunikatsiya va “yashil texnologiyalar” sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni faollashtirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Ustuvor sohalarda hamkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ikki mamlakat tadbirkorlik subyektlari, savdo-sanoat palatalari, to‘qimachilik uyushmalari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий