O‘zbekiston va Kuvayt tashqi ishlar vazirlari muloqot qildi

 

18-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Kuvayt tashqi ishlar vaziri Abdulla Ali Al-Yahyo bilan telefon orqali muloqot qildi.

Tomonlar 2025-yilga moʻljallangan hamkorlik kun tartibimi ikki tomonlama va koʻp tomonlama tadbirlarga boy ekanligiga urg‘u berib, Tashqi ishlar vazirliklari yangi marralarga erishishda barcha imkoniyatlarini safarbar etishini qayd etishdi.

Suhbat davomida O‘zbekiston bilan Kuvayt o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, ayniqsa, savdo va investitsiyaviy aloqalar ko‘lamini kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий