O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari uchrashdi
2024-yil 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Seul shahrida Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Cho Txe Yol bilan uchrashdi. O‘zbekiston bilan Janubiy Koreya o‘rtasidagi alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada kengaytirish masalalariga qaratilgan keng qamrovli kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, bo‘lajak oliy va yuqori darajadagi muloqotlar muhokama qilindi. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari o‘tgan yili ta’sis etilgan Strategik muloqot doirasidagi qizg‘in hamkorlikni davom ettirishi ta’kidlandi.