O‘zbekiston va Koreya Respublikasi o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

 

2024-yilning 25-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning 16-davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bobur Usmanov va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Chong Byon Von boshchilik qildi.

Tomonlar O‘zbekiston-Janubiy Koreya munosabatlarining keng ko‘lamli kun tartibi yuzasidan fikr almashib, yaqin kelajakda hamkorlikni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab oldilar. Turli daraja va shakllarda bo‘lajak tadbirlar jadvaliga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni rivojlantirish masalalariga asosiy urg‘u berildi. Ikki tomonlama savdo ko‘rsatkichlarini oshirish, infratuzilma, logistika, transport, axborot-kommunikatsiya va qayta tiklanadigan energiya manbalari sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.

Muzokaralar kun tartibidan munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini takomillashtirish, mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlikni chuqurlashtirish, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasidagi o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi ayrim masalalar ham o‘rin oldi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий