O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirlari Nyu-York shahrida muzokara o‘tkazdi
2023-yil 21-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Isroil tashqi ishlar vaziri Eli Koen bilan ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, jumladan, bilim va tajriba almashinuvi, salohiyatni oshirish, suv resurslarini boshqarish hamda qishloq xo‘jaligida nou-xaularni tatbiq etish bo‘yicha suhbatlashdi. Shuningdek, bo‘lajak qo‘shma tadbirlar, xususan, davlatlararo munosabatlarni boyitishda asosiy vositalardan biri bo‘lib xizmat qiladigan O‘zbekiston va Isroil tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.