O‘zbekiston va Hindiston tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi
2024-yil 4-iyul kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan ShHT sammiti doirasida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Hindiston tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jaishankar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda asosiy e’tibor O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik ko‘lamini kengaytirishga qaratildi. Iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish, transport aloqalarini yaxshilash, turizmni rivojlantirish, ta’lim almashinuvini qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, ko‘plab sohalarda qo‘shma istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor berildi.