O‘zbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

 

2023-yilning 5-dekabr kuni Tbilisi shahrida Oʻzbekiston va Gruziya tashqi ishlar vazirliklari oʻrtasida navbatdagi siyosiy maslahatlashuvlar boʻlib oʻtdi.

Delegatsiyalarga Oʻzbekiston tomonidan delegatsiyaga tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bobur Usmonov va Gruziya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Aleksandr Xvtisiashvili boshchilik qildi.

Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishdagi ijobiy sur’at, o‘zaro tashriflar soni ortib borayotgani, hukumatlar darajasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish borasida erishilgan yutuqlarni yuqori baholadilar.

Uchrashuvda ikki tomonlama munosabatlarning joriy holati ko‘rib chiqildi, siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va tomonlarni qiziqtirgan boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

O‘zaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini yanada kengaytirish, parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, savdo-sanoat kooperatsiyasi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, birinchi hududlararo forum, ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishi hamdaO'zbekiston va Gruziyada mahalliy ishlab chiqaruvchilarning ko‘rgazmalarini o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Muzokaralar chog‘ida turizm, madaniyat va ta’lim sohalaridagi aloqalarni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratildi.

2024-yilda nishonlanadigan O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30 yilligi munosabati bilan ushbu muhim sanani nishonlash bo‘yicha Qo‘shma tadbirlar rejasini ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий