O‘zbekiston va Eron TIV rahbarlari onlayn uchrashuv o‘tkazdi
2023-yil 28-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Husayn Amir Abdullahiyon bilan onlayn uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralarda O‘zbekiston-Eron hamkorligining siyosatdan tortib iqtisodiy diplomatiyagacha bo‘lgan barcha jabhalari muhokama qilindi.
Uchrashuv yakunida vazirlar O‘zbekiston va Eron Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirishga qaratilgan va birgalikda hal etilishi lozim bo‘lgan asosiy vazifalar belgilangan “Yo‘l xaritasi”ni imzoladilar.