O‘zbekiston va Eron tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi
2023-yil 29-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqiishlar vazirligida O‘zbekiston-Eronsiyosiy maslahatlashuvlarining 7-davrasibo‘lib o‘tdi.
Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqiishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyevva Eron IslomRespublikasi tashqi ishlarvaziri o‘rinbosari Ali BoqeriyKaniy boshchilik qildi.
Siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi doirasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungiholati va unirivojlantirishning ustuvoryo‘nalishlari, shuningdek, ko‘p tomonlama tashkilotlar doirasidagi o‘zaroaloqalar yuzasidan fikralmashildi.
Muzokaralarda iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish masalalariga asosiy urg‘u berildi. Shu nuqtayi nazardan o‘zaro savdo va investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni mustahkamlash, transport-kommunikatsiya sohasida o‘zaro hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish muhimligi qayd etildi.
Parlamentlararo muloqotni rivojlantirish, ikki tomonlama munosabatlarning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish masalalari, shuningdek, turli darajadagi bo‘lajak tadbirlar jadvali muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar aloqalarni faollashtirish, xususan, ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, san’at, adabiyot va ta’lim yo‘nalishlarida qo‘shma dastur va loyihalar tashkil etishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuvda xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi ayrim masalalar ham muhokama qilindi.