O‘zbekiston va Bahrayn tashqi ishlar vazirlari o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi
2024-yil 9-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidovning Bahrayn tashqi ishlar vaziri Abdullatif bin Rashid al-Zayani bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida bo‘lajak siyosiy maslahatlashuvlar jadvali va kun tartibi, shuningdek, O‘zbekiston va Bahrayn o'rtasida barcha sohalarda mustahkamlanib borayotgan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklarining birgalikdagi sa’y-harakatlari muhokama qilindi.