O‘zbekiston va BAA tashqi ishlar vazirlari telefon orqali muloqot qildi

 2025-yil 2-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov va BAA Bosh vaziri o‘rinbosari, tashqi ishlar vaziri shayx Abdulla bin Zoid Ol Nahayon o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar, savdo va investitsiyaviy aloqalar ko‘lamini kengaytirishga doir masalalar xususan, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan 2025-yilga mo‘ljallangan tadbirlar rejasi atroflicha muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий