O‘zbekiston va BAA o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlar bo‘lib o‘tdi

 

2023-yil 26-aprel kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasi bo‘lib o‘tdi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov hamda BAA energetika va infratuzilma vaziri Suhayl al-Mazrui rahbarlik qildilar.

Uchrashuv ishtirokchilari oliy darajada erishilgan kelishuvlarni toʻliq amalga oshirishga alohida eʼtibor qaratgan holda Oʻzbekiston-BAA koʻp qirrali hamkorligining turli masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.

Siyosiy muloqot va parlamentlararo munosabatlarni jadallashtirish, hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy asoslarini va sarmoyaviy aloqalarni kengaytirish, shuningdek, xalqaro institutlar doirasidagi sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Maslahatlashuvlarda sanoat kooperatsiyasini faollashtirish, sayyohlik almashinuvlarini kuchaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий