O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi

 Bugun, 2023-yil 26-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va Turkmaniston tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov o‘rtasida videokonferenaloqa shaklida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda joriy yil avgust oyida Ashxobod shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston Prezidentlarining Sammitiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish masalalari muhokama qilindi. 

Vazirlar bo‘lajak yig‘ilishning dasturi loyihasi, kun tartibi, shuningdek, Sammitning yakuniy hujjati loyihasini muhokama qildilar.

Shu ma’noda, vazirlar mintaqaviy hamkorlikning ustuvor jihatlari yuzasidan fikr almashdilar.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий