O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlari yig‘ilishi to‘g‘risida
2022-yilning 12-19-dekabr kunlari Guliston shahrida O‘zbekiston-Tojikiston qo‘shma demarkatsiya komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Tojikiston Davlat chegarasi demarkatsiya chizig‘i loyihasini o‘tkazish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Muzokaralarda tomonlar 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar yakunlarini ham sarhisob qildilar va 2023-yilga mo‘ljallangan uchrashuvlar jadvalini kelishib oldilar.
Muloqot do‘stlik va o‘zaro hamjihatlik muhitida o‘tdi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tegishli Bayonnoma imzolandi.
Navbatdagi yig‘ilish Tojikiston Respublikasi hududida bo‘lib o‘tadi.