O'zbekiston-Tojikiston munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalari ko'rib chiqildi

 

O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov 2023-yil 14-aprel kuni Samarqand shahrida MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi  yig’ilishi va “Markaziy Osiyo - Rossiya” shaklidagi vazirlar yig'ilishi doirasida Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin bilan muzokaralar o'tkazdi. 

Muloqot chog’ida O'zbekiston-Tojikiston strategik sheriklik va yaxshi qo'shnichilik munosabatlarining so'nggi yillarda sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarilgan turli jihatlari yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий