O‘zbekiston TIVda Bangladesh Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Bangladesh Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Bangladesh hamkorligini savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar, turizm va boshqa sohalarda rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish va qo‘shma tadbirlar jadvali yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий