O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi

 

2024-yil 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish, barqaror taraqqiyot bo‘yicha hamkorlik qilish, xalq diplomatiyasini rivojlantirishga ko‘maklashish, shuningdek, 2024-yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi shakllarida qo‘shma kun tartibi muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий