O‘zbekiston TIV rahbari Yevropa Ittifoqi davlatlarining O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashdi

 O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning diplomatik vakolatxonalari rahbarlari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Yevropa tomoniga O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan konstitutsiyaviy islohotlar, mamlakatning asosiy qonunchiligiga taklif etilayotgan o‘zgartirishlarning mazmuni va mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik keng ko‘lamli, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha izchil rivojlanib borayotgani qayd etildi. Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimning yaqinda imzolanganini olqishladilar.

Savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda O‘zbekiston-Yevropa hamkorligini kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Yevropa tomoni oʻzaro savdoni diversifikatsiya qilish, shuningdek, Oʻzbekistonda professional taʼlim sohasini rivojlantirishga koʻmaklashishga tayyorligini bildirdi.

2022-yil noyabr oyida Samarqand shahrida “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” shaklida o‘zaro bog‘liqlik masalalariga bag‘ishlangan vazirlar anjumani va tashqi ishlar idoralari rahbarlarining uchrashuvini muvaffaqiyatli o‘tkazish muhimligi ta’kidlandi.

Yevropa tomoni 2022-yilning ikkinchi yarmida Chexiyaning Yevropa Ittifoqi Kengashiga raisligining ustuvor yo‘nalishlarini taqdim etdi, unda Markaziy Osiyo davlatlari bilan munosabatlarni rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilgan.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий