O‘zbekiston TIV rahbari Yevrokomissiya Raisi o‘rinbosari bilan muzokaralar o‘tkazdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Brussel shahrida Yevrokomissiya Raisi o‘rinbosari Valdis Dombrovskis bilan uchrashdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi, ayniqsa, iqtisodiy yo‘nalishda tobora mustahkamlanib borayotgan hamkorlikning keng kun tartibi ko‘rib chiqildi. O‘zaro savdoni yanada rivojlantirish, Yevropa bozoriga eksport ko‘rsatkichlarini oshirish, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash, muhim xomashyolar bo‘yicha hamkorlik qilish muzokaralarning asosiy mavzularidan bo‘ldi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligida loyiha amalga oshirish boʻyicha Moliyaviy bitim ham imzolandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий