O‘zbekiston TIV rahbari Xitoyning bir qator kompaniyalari vakillarini qabul qildi
2023-yil 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Guanchjou shahrida boʻlib oʻtgan biznes-forum doirasida Xitoyning bir qator kompaniyalari, jumladan, "China General Nuclear Power", "Shenzhen Zhong Yi Group" va boshqa korporatsiyalari vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvlar davomida O‘zbekistonda aqlli texnologiyalardan tortib "yashil" energetikagacha bo‘lgan bir qancha yo‘nalishlarda manfaatli loyihalar bo‘yicha fikr almashildi. Mamlakatimizdagi yangi imkoniyatlarni o‘rganishga hozir bo‘lgan barcha xorijiy investorlarni qo‘llab-quvvatlashga tayyorlik bildirildi.