O‘zbekiston TIV rahbari Xitoyning “BGI Group” kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashdi
2023-yil 20-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning “BGI Group” kompaniyasi va Janubiy tibbiyot universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Suhbat chogʻida tomonlar bo‘lajak hamkorlikning ta’limdan tortib farmatsevtikagacha bo‘lgan sohalardagi bir qator istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar. Kadrlar salohiyatini oshirish va texnologiyalar almashinuvi masalalariga alohida e'tibor qaratildi.