O‘zbekiston TIV rahbari Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

2023-yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasi Raisi o‘rinbosari Xan Chjen bilan uchrashdi. Suhbat chog‘ida ikki davlar rahbarlari oʻrtasida yaqin doʻstlik va O‘zbekiston-Xitoy ikki tomonlama munosabatlari barcha sohalarda yuqori sur’atlarda rivojlanayotgani taʼkidlandi. O‘zbekiston va Xitoy buyuk tarixiy meros va barqaror rivojlanishga qaratilgan mushtarak maqsadlarga ega ekanligi, so‘nggi yillarda boshqa sohalar qatorida savdo aloqalari va investitsiyaviy hamkorlik misli ko‘rilmagan, ko‘proq ish o‘rinlari va texnologik jihatdan rivojlangan iqtisodiyot yaratishga yo‘naltirilgan darajaga ko‘tarilgani qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий