O‘zbekiston TIV rahbari Xitoy tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yilning 20-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi Siyosiy byurosi a’zosi, Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda sanoat, investitsiyaviy, intellektual hamkorlik, madaniy va mintaqalararo aloqalarning yuqori dinamikasi O‘zbekiston va Xitoy xalqlari manfaatlari yo‘lida eng yaxshi natijalarga erishishga qaratilgani qayd etildi. Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stlik va barcha sharoitlarda har tomonlama strategik sheriklikni yanada mustahkamlash, oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to‘liq va o‘z vaqtida amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, vazirlar mintaqaviy va global kun tartibidagi dolzarb mavzularni ham muhokama qilishdi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий