O‘zbekiston TIV rahbari Xitoy Elchisini qabul qildi
2023-yilning 27-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoyning mamlakatimizdagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Yuy Szyunni qabul qildi. Muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi har tomonlama strategik sheriklik munosabatlari kun tartibini kengaytirish, oliy darajada avval erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish, bo‘lajak muloqotlar muhokama markazida bo‘ldi.