Oʻzbekiston TIV rahbari Xitoy Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

2023-yil 12-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Xitoy Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Yuy Szyunning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

B.Saidov Elchini yuksak va masʼuliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, Oʻzbekiston-Xitoy munosabatlarini yanada mustahkamlash yoʻlida samarali faoliyat hamda muvaffaqiyatlar tiladi. 

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlikda sezilarli natijalarga erishilganini ta’kidladilar. O‘zbekiston-Xitoy munosabatlari yuqori sur’atlarda rivojlanib borayotgani, mavjud salohiyat esa bundan ham yuqori ekanligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий