O‘zbekiston TIV rahbari Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Budapesht shahrida Vengriya tashqi ishlar va savdo vaziri Peter Siyyarto bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida tomonlar oʻzaro savdo hajmi va investitsiyalar oqimini oshirishga qaratilgan keng koʻlamli ikki tomonlama kun tartibidagi bir qator dolzarb masalalarni muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida Toshkent va Budapesht oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyishni koʻzda tutuvchi ikki davlat Hukumatlari o‘rtasida havo qatnovi to‘g‘risida Bitim imzolandi.