O‘zbekiston TIV rahbari Tailand Qirolligining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan Elchisini qabul qildi
2024-yilning 31-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Tailand Qirolligining Oʻzbekistondagi (qarorgohi Moskva shahrida) yangi tayinlangan Elchisi Sasivat Vongsinsavat bilan uchrashib, uning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda siyosiy maslahatlashuvlarni faollashtirish, iqtisodiy hamkorlikni jadallashtirish, o‘zaro tovar aylanmasi hajmini oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahklamlash, turizm, xalq diplomatiyasi va madaniy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Elchini mazkur lavozimga tayinlangani bilan tabrikladi va unga diplomatik missiyasini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tiladi.