O‘zbekiston TIV rahbari Sloveniyaning yangi tayinlangan Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

2024-yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Sloveniya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchisi etib tayinlangan Darya Bavdaj Kuretning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Sloveniya o‘rtasidagi ikki va ko‘p tomonlama hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida Vazir Elchiga o‘sib borayotgan O‘zbekiston-Sloveniya munosabatlarining salmoqli salohiyatini oshirishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий