O‘zbekiston TIV rahbari Saudiya Arabistoni Elchisini qabul qildi

 

2023-yil 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni Podshohligining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yusuf Al-Utaybiyni qabul qildi.

Ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va rivojlanish istiqbollari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2022-yil avgust oyida Saudiya Arabistoniga amalga oshirgan davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlar ijrosi yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlarning xalqaro institutlar doirasida bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashga qat’iyligi qayd etildi.

Savdo-iqtisodiy aloqalarni jadallashtirish va sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

Bo‘lajak tadbirlar va tashriflar jadvali, shu jumladan, joriy yil 23-yanvardan 23-aprelgacha Jidda shahrida bo‘lib o‘tadigan I Islom san’ati Biyennalesida O‘zbekistonning ishtiroki bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda mintaqaviy siyosatning ayrim masalalari ham muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий