O'zbekiston TIV rahbari Ruminiya Elchisini qabul qildi

 

2023-yil 20-aprel kuni O'zbekiston Respublikasi TIV rahbari Baxtiyor Saidov Ruminiyaning Favqulodda va muxtor elchisi Daniel Kristian Chobanuni qabul qildi.

Suhbat chog’ida O'zbekiston-Ruminiya munosabatlarining bugungi holati va ularni rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari muhokama qilindi. Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirishga alohida e'tibor qaratilib, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish bo'yicha ham fikr almashildi.

Rejalashtirilgan muloqotlar jadvali va ularning tashkiliy jihatlari, shu jumladan O'zbekiston va Ruminiya tashqi siyosat idoralari o'rtasidagi maslahatlashuvlarning navbatdagi bosqichi bo'yicha takliflar ko'rib chiqildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий