O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri bilan uchrashdi

 

2024-yilning 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Qozog‘iston Bosh vaziri o‘rinbosari – tashqi ishlar vaziri Murat Nurtleu bilan uchrashdi. B.Saidov Qozog‘iston tashqi ishlar vaziriga mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari Kengashi majlisini muvaffaqiyatli o‘tkazgani bilan tabrikladi. Tomonlar umumiy kun tartibining ikki va ko‘p tomonlama mavzularini muhokama qilishdi. O‘zbekiston va Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirliklari oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish uchun barcha sa'y-harakatlarni davom ettirishi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий