O‘zbekiston TIV rahbari Qozog‘iston Prezidenti tomonidan qabul qilindi
2024-yilning 21-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ShHTga a'zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari bilan birgalikda Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev tomonidan qabul qilindi. Vazir O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning samimiy salomlarini yetkazdi. Uchrashuvda Qozog‘istonning Shanxay hamkorlik tashkilotiga raisligi davrida Ostona shahrida bo‘lib o‘tadigan Sammitni har tomonlama mazmunli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar qayd etildi. O‘zbekistonning turli darajadagi vakillari ShHT tuzilmalarining barcha yig‘ilishlari, shuningdek, anjumanlar, forumlar va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etib kelayotgani ta'kidlandi.