O‘zbekiston TIV rahbari Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Ukraina va Gruziya Elchilarini qabul qildi
2023-yilning 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi Elchilari Musa Jamanbayev (Qirg‘iz Respublikasi), Beybut Atamkulov (Qozog‘iston), Abdujabbor Rahmonzoda (Tojikiston), Mikola Doroshenko (Ukraina) va Georgiy Chxeidzeni (Gruziya) qabul qildi. Yil davomida ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlar ko‘rib chiqildi va kelgusi yil uchun asosiy ustuvor vazifalar belgilab olindi. Tashqi ishlar vaziri Elchilarga jadal sur’atlarda kengayib borayotgan umumiy kun tartibini yanada sezilarli natijalar bilan boyitishga bo‘lgan intilishlari uchun minnatdorlik bidirdi.