O‘zbekiston TIV rahbari Portugaliya Elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

 

2024-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Portugaliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Moskvada) etib tayinlangan Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qildi. Muloqot chog‘ida ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash zarurligi, bugungi holat mavjud salohiyatga mos kelmasligi ta’kidlandi. Ikki davlat tashqi ishlar vazirliklari bu sa’y-harakatlarning tashabbuskori bo‘lishi lozimligi qayd etildi. Vazir Elchiga mamlakatimizdagi diplomatik faoliyati davomida ikki tomonlama munosabatlarni ulkan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish va ulardan samarali foydalanishda ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий