O‘zbekiston TIV rahbari "Petronas" kompaniyasi raisi bilan uchrashdi

 

2024-yilning 9-iyul kuni Kuala-Lumpur shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov "Petronas" kompaniyasi raisi Dato Seri Mohd Bakke Salleh bilan uchrashdi.

O‘zbekiston energiya ishlab chiqarish sohasiga dunyoning ilgʻor tajribasini olib kirish, qayta tiklanadigan manbalar ulushini sezilarli darajada oshirish va barqarorlikni ta’minlash tarafdori ekani qayd etildi. Uchrashuvda hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari va kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qadamlar muhokama qilindi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий