O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

 

O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari G‘ayrat Fozilov Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Terxi Xakala bilan uchrashdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalardagi o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati hamda rivojlanish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.

“O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi” va “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” shakllarida bo‘libo‘tishi rejalashtirilgan tadbirlarning tashkiliy jihatlari muhokama qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolash zarurligi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий