Oʻzbekiston TIV rahbari oʻrinbosari Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi
2024-yil 8-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetovning Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengash (OHICHK) Bosh kotibi Qayrat Saribay bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Tomonlar OHICHK doirasidagi hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollarini muhokama qildilar hamda 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan Ishonch choralarini amalga oshirish rejasining ijro etilishi borasida mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan OHICHK doirasida ilgari surilgan tashabbuslarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.