O‘zbekiston TIV rahbari o‘rinbosari MDH Bosh kotibi bilan telefon orqali muloqot qildi

 2024-yil 17-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Rahmatulla Nurimbetovning MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev bilan telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar MDHning o‘tgan yilgi sammiti (Bishkek, 2023-yil 13-oktabr) yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini muhokama qildilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tashkilot doirasida ilgari surilgan va ko‘p tomonlama hamkorlikning keng yo‘nalishlarini qamrab olgan tashabbuslarni hayotga amaliy tatbiq etishga alohida e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий