Oʻzbekiston TIV rahbari Oʻmon Savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vaziri bilan uchrashdi
2024-yilning 27-iyun kuni Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Oʻmon Sultonligi savdo, sanoat va investitsiyalarni qo‘llab-quvvatlash vaziri Qays bin Muhammad bin Musa al-Yusuf bilan uchrashdi.
O‘zbekiston va O‘mon o‘rtasida iqtisodiy diplomatiyani rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jadal jalb etish borasida ko‘plab umumiy jihatlar mavjudligi qayd etildi. Har ikki mamlakat xalqi farovonligini oshirishga qaratilgan rivojlanish istiqbollarini ro‘yobga chiqarishda samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va bir-birini to‘ldirish uchun katta imkoniyatlar mavjudligi alohida ta’kidlandi. Vazirlar amaldagi aloqalarni mustahkamlash, davlatlarimiz o‘rtasida ko‘plab yangi ko‘priklar yaratishga kelishib oldilar.