O‘zbekiston TIV rahbari O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari bilan uchrashdi

 

2024-yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov O‘mon Bosh vaziri o‘rinbosari, Sulton Haysam ibn Tariq Ol Saidning maxsus vakili Asad bin Toriq Ol Said bilan uchrashuv o‘tkazdi. Vazir O‘zbekiston-O‘mon munosabatlarini barcha jabhalarda yangi bosqichga ko‘tarish yo‘lidagi samimiy qo‘llab-quvvatlash uchun O‘mon tomoniga minnatdorchilik bildirdi. Muloqot davomida keng qamrovli kun tartibi dinamikasini yanada oshirish, ishbilarmon doiralar o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, muntazam almashinuvlarni qo‘llab-quvvatlash, sheriklikning huquqiy asoslarini mustahkamlash, o‘zaro turizmni rivojlantirish va boshqa ko‘plab masalalarga e’tibor qaratildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий