O‘zbekiston TIV rahbari "Oman Flour Mills" bosh ijrochi direktori bilan uchrashdi

 

2024-yilning 26-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov "Oman Flour Mills" bosh ijrochi direktori Haysam Al Fanna bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot davomida O‘zbekistonda oziq-ovqat sanoatida zamonaviy texnologiyalarni joriy etish va qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish barqaror iqtisodiy o‘sish yo‘lidagi asosiy ustuvor yo‘nalishlardan ekanligi ta’kidlandi. Ikki davlat ishbilarmonlari o‘rtasida yaqinroq aloqalar o‘rnatish uchun imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий