O‘zbekiston TIV rahbari Mo‘g‘ulistonning yangi tayinlangan Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

2024-yilning 21-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Mo‘g‘ulistonning yangi tayinlangan Elchisi Daadanxuu Batbaatardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi.  

Uchrashuvda oliy darajadagi bo‘lajak uchrashuvlar, iqtisodiy diplomatiyani faol ilgari surish, qo‘shma istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish, barcha sohalarda yaqin hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida vazir elchiga O‘zbekistondagi faoliyatida muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий