Oʻzbekiston TIV rahbari Malayziya Elchisidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qildi

 

2023-yilning 28-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Malayziyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ilxam Tua bin Illiasning ishonch yorliqlarini qabul qildi.

Vazir Elchini yuksak va mas’uliyatli lavozimga tayinlangani bilan tabriklab, unga samarali faoliyat va muvaffaqiyatlar tiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Elchining O‘zbekiston-Malayziya munosabatlarini mustahkamlashga qaratilgan diplomatik missiyasini amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlandi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий