O‘zbekiston TIV rahbari Litvaning yangi Elchisini qabul qildi

 

2024-yil 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Litvaning O‘zbekistondagi yangi Elchisi (qarorgohi Ostonada) Egidiyus Navikas bilan uchrashdi va uning ishonch yorliqlarini qabul qildi. Uchrashuvda ikki va ko‘p tomonlama shakllardagi hamkorlikning asosiy ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi, yaqin istiqboldagi umumiy kun tartibi ko‘rib chiqildi. TIV rahbari Elchiga ikki davlat o‘rtasida kengayib borayotgan munosabatlarning ulkan salohiyatini ro‘yobga chiqarishda muvaffaqiyatlar tiladi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий