O‘zbekiston TIV rahbari Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi bilan uchrashdi

 

2023-yil 11-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi Bosh kotibi Jasem Muhammad Al-Budaiviy bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida Oliy darajada erishilgan barcha kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi va navbatdagi “Markaziy Osiyo + Ko‘rfaz arab davlatlari” vazirlar yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish yuzasidan fikr almashildi.

Вернуться назад

Комментарии

Оставить комментарий