O‘zbekiston TIV rahbari Italiya universitet va tadqiqotlar vaziri bilan uchrashdi
2024-yil 29-may kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Italiya universitet va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar taʼlim sohasida yaqindan hamkorlik qilish, Italiyaning yanada koʻproq universitetlarini Oʻzbekistonga jalb etish, qoʻshma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, yuksak iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash uchun ilmiy salohiyatni mustahkamlash, rektorlar forumini o‘tkazish va boshqa masalalar yuzasidan fikr almashdi. Tashqi ishlar vaziri Anna Berninini yaqin orada O‘zbekistonga tashrif buyurishga taklif qildi.